Suriyadagi qurollangan muxolifat jangchilari 23-mart, payshanba kuni Alepponing janubi-sharqiy qismidagi Al-Hamdoniya mavzesini minomyotlardan o‘qqa tutdi, deya xabar beradi “TASS”.
SANA agentligining xabar berishicha, Radvon masjidi yonidagi maktab “‘q yomg‘iri” ostida qolgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida besh nafar bola halok bo‘lgan, yana to‘rt nafari yaralangan.
Agentlikning yozishicha, bu maktabda qochoqlarning oilalari vaqtincha yashab turgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)