KXDRning Rossiyadagi elchixonasi maslahatchisi Kim Chjon Gyun AQSh va Janubiy Koreyaning birgalikdagi harbiy mashg‘ulotlarini tanqid qildi, deya xabar beradi “Kommersant”.
“Ulkan miqdordagi qurol-yarog‘ jalb etilgan mazkur harbiy mashg‘ulotlar istalgan vaqtda haqiqiy jangga aylanishi mumkin, shuning uchun Koreya yarimorolidagi vaziyat yadroviy urush arafasida turibdi”, — deya maslahatchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi “Interfaks”.
Avvalroq AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreya KXDRning ehtimoliy hujumini oldini olish maqsadida uch tomonlama raketaga qarshi mudofaa harbiy-o‘quv mashg‘ulotlarini boshlagan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)