Antverpenda olomon ustiga avtomobilni haydab borishga uringan shaxs qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda Meduza.
Gazet Van Antwerpen gazetasining yozishicha, politsiyachilar svetoforning qizil chirog‘iga harakatlangan mashinani to‘xtatgan va ular haydovchi avtomobilni piyodalar ko‘chasidagi olomon ustiga haydab borish niyatida bo‘lgan, deb hisoblamoqda.
Mashinadan qurol topilgan, biroq aynan qanday qurol topilganiga aniqlik kiritilmagan. Haydovchi avtomobilni katta tezlikda boshqargan, jabrlanuvchilar haqida axborot yo‘q.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs Shimoliy Afrikadan bo‘lib, radikal kayfiyatdagi diniy aqidaparast bo‘lib chiqqan. To‘xtatilgan avtomobilning davlat raqam belgilari Fransiyaniki bo‘lgan.
Hodisa haqida boshqa hech qanday ma’lumot yo‘q.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)