Ko‘pchiligi fermerlardan iborat 50 ga yaqin kishi Indoneziya poytaxti Jakartadagi ko‘p kunlik norozilik namoyishlari davomida oyoqlarini sementlab oldi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Ular shu tariqa Markaziy Yava provinsiyasida sement zavodi qurilishiga qarshi chiqmoqda.
Namoyishchilarga ko‘ra, zavod suvni zaharlashi va olis tog‘ qishloqlarini suv bilan ta’minlashda muammolar tug‘dirishi mumkin.
Namoyishchilarni zavod egasining ish o‘rinlari yaratish va mintaqa iqtisodiyotini jonlantirish haqidagi va’dalari ham to‘xtatmadi. Ularning birinchi vakillari mart o‘rtasida oyoqlarini sementga tiqqan, faollardan biri esa yurak xurujidan vafot ham etgandi. Biroq bu fojia ham namoyishchilarni shashtidan qaytarmadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)