“Tolibon” terrorchilik tashkilotining jangarilari Afg‘oniston janubidagi Hilmand viloyatining Sangin tumani ustidan nazorat o‘rnatdi. Bu haqda “TASS” ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hukumat kuchlari yo‘qotishlarga uchragan va kuchli to‘qnashuvdan so‘ng tumanni tark etishga majbur bo‘lgan.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, so‘nggi vaqtlarda Afg‘onistonning janubiy va sharqiy viloyatlarida ekstremistlar pozitsiyalarining sezilarli darajada mustahkamlanayotgani kuzatilmoqda.
Izoh (0)