Indoneziyaning Bali orolida ro‘y bergan 5,5 magnitudali zilzila yuzlab xorijiy sayyohlar o‘takasini yordi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Guvohlarga ko‘ra, ko‘plab dam oluvchilar yerosti silkinishidan vahimaga tushib, mehmonxonalardagi xonalarini tark etdi.
Indoneziya favqulodda holatlarning oldini olish milliy agentligi zilzila Denpasar shahrida kuchli sezilganini qayd etdi. Yerosti silkinishlari 5 soniya atrofida davom etdi.
Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot berilmadi.
Izoh (0)