Amerika hukumati AQSh hududiga parvozlarni amalga oshiruvchi Yaqin Sharq hamda Shimoliy Afrika mamlakatlarining sakkizta davlatiga samolyot bortida ko‘plab elektron uskunalarni tashishni taqiqlash niyatida, deb xabar beradi “Kommersant”.
ABC News Amerika mansabdorlariga tayangan holda xabar berishicha, taqiq Misr, Iordaniya, Kuvayt, Marokash, Qatar, Saudiya Arabistoni, Turkiya hamda Birlashgan Arab Amirligiga tegishli bo‘ladi.
Reuters’ suhbatdoshiga ko‘ra, samolyot bortida elektronika vositalarini tashishga qo‘yilish ehtimoli bo‘lgan taqiq terroristik xavf bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Manbaning ta’kidlashicha, taqiqdagi ro‘yxatga mobil telefonlar kirmaydi, faqatgina katta hajmdagi qurilmalar: noutbuk, planshet, Kindle elektron kitoblari va hatto kameralar kiradi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)