Chet eldagi rus pravoslav cherkovi Qizil maydondan Vladimir Leninning jasadini olib tashlashga chaqirdi. Bu haqda Rossiyadagi inqilob bilan bog‘liq voqealar 100 yilligi munosabati bilan Arxiyeriy sinod bayonotida so‘z yuritiladi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Qizil maydonni XX asrning bosh zolimi jasadi qoldiqlaridan xalos etish va unga qo‘yilgan haykallarni buzish rus xalqining Xudo bilan yarashuvi timsollaridan biri bo‘lishi mumkin”, — deyiladi hujjatda.
Rus pravoslav cherkovi, shuningdek, bugunga kunga qadar o‘z tarixiy nomlanishidan mahrum shaharlar, viloyatlar va ko‘chalar bilan ham shu tarzda ish tutish lozim deb hisoblaydi.
Cherkov iyerarxlari o‘z tarixi va Rossiyaning og‘ir sinovlarga uchrash sabablarini anglab yetishga chaqirdi.
Izoh (0)