Afg‘oniston shimoli-sharqidagi Badaxshon viloyatida yuz bergan ko‘chki oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 7 kishi jarohatlandi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Viloyat favqulodda vaziyatlar qo‘mitasiga ko‘ra, fojia Tojikiston bilan chegaradagi Shahri buzurg tumanida, bir guruh mahalliy aholi vakili oltin yuvish bilan shug‘ullanayotganda sodir bo‘ldi.
Omon qolgan 7 kishining holati og‘ir ekanligi bildirilmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)