Boeing 737 tor fyuzelyajli reaktiv samolyotlarni yakuniy yig‘ish markazi joriy oy oxirida Xitoyning Chjoushan shahrida qurila boshlaydi, deb yozadi “TASS” “Sinxua” agentligiga tayanib.
Yig‘ishdan keyingi yakuniy ishlar, shu jumladan, Boeing 737 fyuzelyajlarini bo‘yash va salonlarni bezash ishlari olib boriladigan ushbu korxona Boeing uchun AQShdan tashqarida joylashgan birinchi korxona bo‘ladi.
Chjeszyan provinsiyasi hukumati, Boeing korporatsiyasi va Xitoy tijorat aviatsiyasi korporatsiyasi o‘rtasida tegishli bitim 2016-yil oktabrida imzolangan edi.
Izoh (0)