Mayonezning zarari to‘g‘risida ko‘p gapiriladi. Lekin uni baribir sotib olamiz. Chunki bizga an’anaviy salatlar uchun quyuq va o‘tkir ta’mli qayla kerak bo‘ladi. Bu zararli qaylani nima bilan almashtirish mumkin? Variantlar ko‘pchilikni tashkil qiladi.
Masalan:
- bir chimdim qora murch va ezilgan kashnich solingan tabiiy yogurt yashil sabzavotli yengil salatlarga mos keladi;
- shuningdek ko‘katli sabzavot salatlar uchun tuzlangan qatiqdan foydalanish mumkin;
- olivye va shunga o‘xshagan salatlar uchun qaymoq va xantal aralashmasidan foydalansangiz ham bo‘ladi;
- qaymoq va adjika aralashmasidan parranda va sabzavotlarni duxovkada pishirishda ishlatish mumkin.
Sarimsoqli-yogurtli qayla (go‘shtli taomlarga mos keladi)
- 1 piyola shakarsiz yogurt
- ½ boshcha sarimsoq
- 5 osh q. zaytun yog‘i.
Tvorogli qayla (kartoshkali va sabzavotli taomlar bilan mos keladi)
- 1 piyola sut
- 100 g tvorog
- 2 osh q. xantal
- zira
- tuz va shakar ta’bga ko‘ra
Manba: “AiF”
Izoh (0)