6-martning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev — Turkmanistonda. Ikki mamlakat o‘rtasida Strategik sherikchilik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi, viloyatlar o‘rtasidagi hamkorlik borasida kelishuvlar imzolandi, 7-mart kuni prezidentlar Lebapdagi ko‘priklar ochilishida qatnashadi.
2. O‘zbekiston Tojikistonning qor ko‘chkilaridan jabrlangan aholisiga insonparvarlik yordamini jo‘natdi. Qo‘shni mamlakat xalqiga yuborilayotgan insonparvarlik yordamining umumiy hajmi qariyb 60 tonnani tashkil etadi.
3. O‘zbekistonda 11–12-mart kunlari umumxalq hashari tashkil etiladi. Bu haqdagi farmoyish 2-mart kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan e’lon qilindi.
4. Suhrob Xolmurodov Milliy bank rahbari etib tayinlandi. Milliy bankni 2005-yildan beri Saidahmad Rahimov boshqarib kelayotgandi.
5. O‘zbekistonda 2017-yilda 15 qiz Zulfiya mukofoti bilan taqdirlandi. Istisno tariqasida Qoraqalpog‘istonning ikki vakilasiga mukofot berilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)