O‘zbekiston maktablarida chet tillarini o‘qitishga yondashuvlar qayta ko‘rib chiqiladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz” Xalq ta’limi vazirligidagi manbalariga tayanib. Fevral oyida vazirlik hududlardagi xalq ta’limi boshqarmalariga tavsiyalar jo‘natgan, ularda nafaqat ingliz tili, balki boshqa tillarni o‘rganishga ham e’tibor qaratish zarurligi aytiladi.
Xalq ta’limi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining 94 foizi ingliz tilini o‘rganmoqda. Muassasa yangi o‘quv yilidan boshlab umumta’lim va ixtisoslashgan maktablarda, shuningdek, maktab-internatlarda (beshinchi sinfga boradigan o‘quvchilar uchun) ingliz tiliga qo‘shimcha ravishda ikkinchi chet tilini: nemis tili, fransuz tili, koreys tili, xitoy tili, yapon tili, arab tili, fors tili, hind tili va boshqalarni joriy qilishni taklif etmoqda.
Xalq ta’limi boshqarmalari mart o‘rtasigacha mamlakatdagi har bitta maktabning ikkinchi chet tilini joriy etish imkoniyatlarini tahlil qilib chiqishi va bu haqda vazirlikka hisobot berishi kerak.
Izoh (0)