Shu yilning 11–12-mart kunlari O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari tashkil etiladi. Bu haqdagi farmoyish 2-mart kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Farmoyishga muvofiq mart va aprel odatga ko‘ra obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oylari deb e’lon qilindi.
O‘zbekistonda umumxalq hasharlari har yili 21-mart kuni nishonlanadigan Navro‘z bayrami hamda 1-sentabr – Mustaqillik kuni oldidan o‘tkaziladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)