O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 6-mart kuni davlat tashrifi bilan Ashxobodga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Tashrif doirasida davlat rahbarlari O‘zbekiston – Turkmaniston munosabatlariga doir keng ko‘lamli masalalarni muhokama qiladi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb muammolar yuzasidan fikr almashadi.
Oliy darajadagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti, Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma, shuningdek, turli sohalardagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)