Suhrob Xolmurodov Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki boshqaruvi rahbari etib tayinlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
U 2016-yildan beri mazkur bank boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Suhrob Xolmurodov 1973-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 2000-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. Bank sohasida 1993-yildan beri faoliyat yuritadi.
Ma’lumot uchun, Milliy bankni 2005-yildan beri Saidahmad Rahimov boshqarib kelayotgandi.
Izoh (0)