Sirdaryo viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi rayosatining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma'lum qildi.
Yig‘ilishda shu kunga qadar viloyat hokimining o‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi vazifasida ishlab kelgan Dilshoda Haydarova boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva mazkur lavozimga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilfuza O‘rolova nomzodini tavsiya etish bo‘yicha taklif kiritdi.
Taklif rayosat a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va Dilfuza O‘rolova Sirdaryo viloyati hokimi o‘ribosari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi etib saylandi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)