Namangan viloyatida shahar va tuman hokimlari o‘rinbosarlariga xizmatda foydalanish uchun Nexia LT rusumli yangi yengil avtomobillar ajratildi, deya xabar bermoqda “Namnews.uz”.
Xabar berishlaricha, avtomobillar O‘zbekiston Prezidentining “Mahalliy davlat boshqaruvi organlari xizmatchilari faoliyatini yanada takomillashtirish va moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari tog‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ajratilgan.
Shuningdek, Namangan shahar va barcha tumanlar hokim o‘rinbosarlari — xotin-qizlar qo‘mitasi raislariga ham yengil avtomobillar berildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)