Suriyaning Al-Bob shahri shimoli-g‘arbida sodir etilgan terakt oqibatida 48 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Sky News Arabia telekanaliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Al Jazeera manbalariga ko‘ra, terrorchi-xudkush 24-fevral, juma kuni o‘zini avtomobilda portlatib yuborgan.
Terakt Suriya ozodlik armiyasi jangchilariga qaratilgani bildirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq mazkur tuzilma rasmiy vakili Al-Bob shahri IShID jangarilaridan to‘liq ozod etilganini ma’lum qilgandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)