Jenevada BMT ko‘magi ostida Suriya bo‘yicha muzokaralar rasman boshlandi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Ta’kidlanishicha, Suriya hukumati va Suriya muxolifati muzokaralarning ochilish marosimi doirasida bir davrada yuzma-yuz kelgan.
Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, bu uch yildan buyon birinchi marta sodir bo‘ldi.
Salomlashish marosimida BMTning Suriya bo‘yicha maxsus elchisi Staffan de Mistura nutq so‘zladi. U muzokaralarda kuzatilgan progressni qayd etdi, unga xususan, Ostonadagi uchrashuvlar natijasida erishilganini aytdi.
Shunga qaramay, Mistura Suriyadagi nizoni tinch yo‘l bilan uzil-kesil hal qilish uchun hali ko‘p ishlarni bajarish kerakligini ta’kidladi.
Izoh (0)