A’zolik badallarini to‘lamagan 6 mamlakat BMT Bosh assambleyasida ovoz berish huquqidan vaqtincha mahrum etildi. Bu haqda xalqaro tashkilot tomonidan 24-fevral, juma kuni tarqatilgan bayonotda ma’lum qilindi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
24 million dollar to‘lagandan keyingina ovoz berishda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan Venesuela asosiy qarzdor bo‘lib chiqdi.
BMT Bosh assambleyasi 71-sessiyasi ishi oxiri, ya’ni 2017-yil kuziga qadar yana 5 davlat — Kabo Verde, Liviya, Papua Yangi Gvineya, Sudan va Vanuatu ham shunday huquqdan mahrum etildi.
Xalqaro tashkilot bosh kotibi Antoniu Guterrishga ko‘ra, qarzdor davlatlar kamida ikki yillik qarzini to‘lagan taqdirdagina ularga ovoz berish huquqi qaytarib beriladi.
Izoh (0)