AQShning Kanzas shtatida Amerika dengiz piyoda qo‘shinlari faxriysi Adam Purinton barda asli hindistonlik bir guruh kishilarga qarata o‘t ochdi, bir kishi halok bo‘ldi, deb yozadi “Gazeta.ru” Associated Press’ga tayanib.
Xabarga ko‘ra, “Mening mamlakatimdan yo‘qol!” degan baqiriq bilan sobiq harbiy hindlarga qarata o‘q ota boshlagan, oqibatda Hindistonning Haydorobod shahridan bo‘lgan 32 yoshli aviatsiya muhandisi halok bo‘lgan.
Qolgan ikki kishi yaralangan va kasalxonaga yetkazilgan, gumonlanuvchi qo‘lga olingan.
Izoh (0)