Qozog‘istonning Ostona shahrida va Akmola viloyatida gumonlanuvchilarni so‘roq qilish uchun ochiq (shaffof) xonalardan foydalanilmoqda. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasida bo‘lib o‘tgan IV Qamoqxona islohoti forumi chog‘ida ma’lum bo‘ldi, deb yozadi Kazakhstan Today.
Ostonada va Akmola viloyatida bittadan tashkil qilingan maxsus so‘roq xonalari to‘liq shaffof bo‘lib, videokuzatuv kameralari va eshituv moslamalari bilan jihozlangan.
Prokurorlar ishonch bildirishicha, mamlakat bo‘ylab shaffof so‘roq xonalarining joriy qilinishi gumonlanuvchilar xavfsizligini ta’minlash va politsiyachilar ishini ham shaffof qilish imkonini beradi.
Izoh (0)