Janubiy Koreyada KXDR yetakchisi Kim Chen In akasining o‘limini muhokama qilish uchun Milliy xavfsizlik kengashi majlisi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Janubiy Koreya hukumatiga tayanib, “Ryonxap” agentligi xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
15-fevral kuni o‘tkaziladigan majlisda mamlakat bosh vaziri va prezident vazifasini bajaruvchi Xvan Gyo Ann, Milliy razvedka xizmati rahbari, tashqi ishlar va mudofaa vazirlari va boshqa oliy mansabli amaldorlar qatnashadi.
Xabar berilishicha, unda Kim Chen In o‘gay akasining “o‘ldirib ketilishi bo‘yicha yaqqol fakt” muhokama qilinadi.
Avvalroq KXDR yetakchisi Kim Chen Inning o‘gay akasi Kim Chon Nam Malayziyada o‘ldirib ketilgani xabar berilgan edi. Kim Chon Nam Malayziya aeroportida o‘ldirib ketilgan. Unga ikki ayol hujum qilgan, ular “zaharlangan igna”lardan foydalangan.
Izoh (0)