Turkiya politsiyasi 12—13-fevral kunlari Kurd ishchi partiyasi bilan aloqalar va isyonga tayyorgarlikda gumon qilib, 834 kishini hibsga oldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Politsiya maxsus operatsiya doirasida mamlakatning 37 viloyatida to‘satdan reydlar o‘tkazdi. Bunga kurdlarning qurollangan holda 15-fevraldan boshlab rasmiylarga bo‘ysunmaslik aksiyalarini o‘tkazishni rejalashtirayotgani haqidagi xabarlar sabab bo‘lgani bildirilmoqda.
Reydlar davomida 2 ta Kalashnikov avtomati, 11 ta to‘pponcha, 15 ta miltiq va ko‘plab o‘q-dori musodara etildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)