AQSh prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Maykl Flinn iste’foga chiqdi. Mazkur ma’lumotni Oq uy tasdiqladi, deb xabar beradi “TASS”.
O‘zining iste’fosi haqidagi bayonotda Flinn vitse-prezident Maykl Pens va Oq uyning boshqa vakillariga Rossiyaning AQShdagi elchisi Sergey Kislyak bilan suhbati haqida to‘liq ma’lumot bermaganini tan oldi.
Afsuski, voqealarning tez rivojlanishi sababli AQShning saylangan vitse-prezidenti va boshqalarga Rossiya elchisi bilan telefon orqali suhbatim haqida qasddan bo‘lmagan holatda yetarlicha ma’lumot taqdim etmadim. Prezident va vitse-prezidentdan buning uchun uzr so‘radim, ular buni qabul qildi.CNN telekanali manbalariga ko‘ra, Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq direktori Devid Petreus Flinning o‘rnini egallashi mumkin.Maykl Flinn, AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq yordamchisi
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)