Qirg‘izistonda 20 tashkilot va harakat terrorizm va ekstremizmga mansub deb topilgan. Bu haqda K-News xabar bermoqda.
Ularning to‘liq ro‘yxati, qachon va nima uchun man etilgani haqidagi ma’lumot Din ishlari bo‘yicha davlat komissiyasi saytida joylashtirilgan.
Jumladan, Qirg‘izistonning turli instansiya sudlari tomonidan IShID, “Al-Qoida”, “Tolibon”, “Turkiston islom partiyasi”, “Hizbut-Tahrir”, “Sharqiy Turkiston islom harakati”, “Kurd kongressi”, “Jihod guruhi”, “Akromiya” kabi tashkilot va guruhlar faoliyati mamlakat hududida man etilgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)