Rossiya mudofaa vazirligi harbiy politsiyasi batalyoni Ingushetiyadan Suriyaga yo‘l oldi, deb yozadi “Gazeta.ru” Ingushetiya rahbari Yunusbek Yevkurovga tayanib.
“Suriyaga respublika fuqarolaridan iborat harbiy politsiya batalyoni jo‘nab ketdi, ular tomonlar ajratilgan, tinchlik shartnomalari imzolangan aholi punktlari va shaharlarda ish olib boradi”, — dedi respublika rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, batalyon tinchlik o‘rnatishga qaratilgan missiya bilan, ya’ni Rossiya aviaguruhi va Suriyada dushman tomonlarni yaratish bo‘yicha markaz xavfsizligini ta’minlash maqsadida jo‘natilgan.
Yevkurovning qo‘shimcha qilishicha, Ingushetiya mamlakatga gumanitar yordam ham yuboradi.
Izoh (0)