Yaponiya vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suga Yaponiya Kuril tizmalaridagi beshta orolga nom berilishi munosabati bilan Rossiyaga norozilik bildirganini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Bu bizning mamlakatimiz pozitsiyasiga to‘g‘ri kelmaydi va achinishni keltirib chiqaradi. Diplomatik kanallar orqali 13-fevral kuni Rossiyaga norozilik bildirildi”, — dedi Suga.
Nashr eslatishicha, avvalroq Kuril tizmasidagi beshta nomsiz orolga nomlar berilishi haqidagi farmoyishni Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev imzolagan edi.
Izoh (0)