Meksika tashqi ishlar vaziri Luis Videgaray AQShdan deportatsiya qilingan meksikaliklar soni oshganini sezmaganini aytdi, deb yozadi “Gazeta.ru” Reuters’ga tayanib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Donald Tramp AQSh prezidenti lavozimini egallaganidan keyin AQShdagi Meksika konsulxonalariga o‘z mamlakatlari fuqarolaridan uch marta ko‘proq qo‘ng‘iroqlar kelib tusha boshlagan.
Ta’kidlanishicha, Tramp millionlab ro‘yxatdan o‘tmagan muhojirlarni deportatsiya qilishga va’da bergan edi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh milliy xavfsizlik kotibi Jon Kelli Meksika bilan chegaradagi devor yaqin ikki yil ichida qurib bitkazilishini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)