Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko uning ma’muriyatida ishlaydigan davlat xizmatchilari sonini 30 foizga qisqartirishni nazarda tutuvchi farmonni imzoladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Farmon Belarus prezidenti ma’muriyati faoliyatini takomillashtirish, uning tuzilmasi va xodimlari sonini maqbullashtirish maqsadida qabul qilingan.
Qayd etishlaricha, Belarus prezidenti ma’muriyatining vakolatlari kuchaytiriladi, shuningdek, davlat rahbarining ikki yordamchisi lavozimlari joriy etiladi.
Bundan tashqari, farmonga muvofiq, Belarus prezidentining matbuot kotibi vazifalari va vakolatlari ko‘lami ham sezilarli ravishda kengaytiriladi.
Xabar berishlaricha, mazkur farmon 2017-yil 1-maydan kuchga kiradi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)