“Hamas”ning harbiy qanoti boshliqlaridan biri harakatning G‘azo sektoridagi yetakchisi etib tayinlandi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
“Yahyo Sanvar harakatning G‘azo sektoridagi vakolatxonasiga rahbarlik qiladi”, — deyiladi “Hamas” tomonidan tarqatilgan xabarnomada.
Sanvar bu lavozimda Ismoil Haniya o‘rnini egallaydi. Ko‘pchilik taxminiga ko‘ra, Haniya “Hamas”ning quvg‘indagi rahbari — Xolid Mash’alga o‘rinbosar bo‘ladi.
Avvalroq Yahyo Sanvar AQShning terrorchilar ro‘yxatiga kiritilgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)