Pokistonning Chitral okrugida ro‘y bergan ko‘chki oqibatida kamida 14 kishi, jumladan, 6 nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Qidiruv-qutqaruv xizmati vakili Nizomiddin Shohning so‘zlariga ko‘ra, ko‘chkidan so‘ng binolar ostidan 14 kishining jasadi chiqarib olindi.
Tabiiy ofat tufayli 5 ta uy butkul vayron bo‘ldi, 25 tasi qor ostida qoldi. 9 nafar jabrdiyda kasalxonaga jo‘natildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)