AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan “Suriya demokratik kuchlari” (SDF) muxolifat alyansi Rakkaga hujumning yangi bosqichi boshlanganini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Alyansga ko‘ra, operatsiyaning yangi bosqichi “AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaning kuchli qo‘llab-quvvatlashi” yordamida o‘tkaziladi. Mazkur yordam havo hujumlari va quruqlikdagi maxsus otryadlar tomonidan beriladigan zarbalarni o‘z ichiga oladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Tramp ma’muriyati Obamaning Rakkani IShIDdan ozod etish bo‘yicha rejasidan voz kechgani haqida xabar berilgandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)