AQSh adliya vazirligi prezident Donald Trampning migratsiya bo‘yicha farmoni ijrosini to‘xtatib qo‘ygan Vashington shtati sudi qarori ustidan shikoyat qiladi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Shon Spayser ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Adliya vazirligi imkoniyat tug‘ilishi bilanoq mazkur sud qarori ijrosini zudlik bilan to‘xtatishni talab qilish va qonuniy hamda o‘rinli bo‘lgan prezident farmonini himoya qilish niyatida. Prezidentning farmoni mamlakatni himoya qilishga qaratilgan. U Amerika xalqini asrab-avaylash bo‘yicha konstitutsiyaviy vakolatlarga ega”, — deya ta’kidladi matbuot kotibi.
Shon Spayser, Oq uy nuqtai nazariga ko‘ra, migratsiya haqidagi farmonni imzolash uchun asos bo‘lib xizmat qilgan AQSh qonunchiligidan ko‘chirmalarni keltirib o‘tdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)