Ruminiyadagi ommaviy norozilik namoyishlari to‘rtinchi kun davom etmoqda: mamlakat Jinoiy kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlar va hukumatning amnistiya to‘g‘risidagi qaroriga e’tiroz bildirayotgan 300 mingga yaqin kishi ko‘chalarga chiqdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Digi24 telekanaliga ko‘ra, poytaxt Buxarestda eng yirik namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda, hukumat binosi oldidagi maydonga 150 ming kishi to‘plandi.
Namoyishchilar qo‘llariga Ruminiya va Yevroittifoq bayroqlari, plakatlar, ayrimlari esa qamoqxona kiyimidagi hukumat a’zolari karton qo‘g‘irchoqlarini ko‘tarib olgan.
Buxarestning bir necha ko‘chalari yopib qo‘yilgan. Jamoat tartibini saqlash uchun G‘alaba maydoni va unga tutash ko‘chalarga politsiya chiqarildi.
Norozilik aksiyalari hozircha tinch o‘tmoqda, ko‘pchilik oilasi, farzandlari bilan kelgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)