Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni o‘ziga nisbatan ilgari surilayotgan barcha ayblovlarni inkor etdi va yangi sud jarayonini “siyosiy ta’qibga urinish” deb atadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Sud tizimi imkoniyatlari 20 yil davomida menga va “Italiya, olg‘a” partiyasiga ishonib kelayotgan millionlab italiyaliklarga qarshi foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim. Hozir biz yana Italiya siyosati markazidamiz va ayrim kuchlar menga zarba berishga intilmoqda.80 yoshli siyosatchi shu tariqa Milan prokuraturasining unga qarshi surishtiruvni qaytadan boshlaganiga izoh berdi. Prokuratura uni voyaga yetmagan fohishalar xizmatidan foydalanish ishi bo‘yicha guvohlarni pora berib sotib olishda ayblamoqda.Silvio Berluskoni, Italiyaning sobiq bosh vaziri
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)