Havo transporti xalqaro assotsiatsiyasi (IATA) AQSh prezidenti Donald Trampning yetti mamlakat fuqarolarining AQShga kirishini taqiqlash to‘g‘risidagi farmoni samolyotlar ekipajlariga ham tegishli ekanini ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Nashr eslatishicha, 27-yanvar, juma kuni Tramp AQShda qochoqlar qabul qilinishini 120 kunga to‘xtatib turadigan, suriyalik qochoqlarni joylashtirishni noma’lum muddatga taqiqlaydigan, AQShga kirish qoidalarining ba’zilarini qat’iylashtiradigan, shuningdek, asosiy aholisi musulmonlardan iborat mamlakatlar fuqarolarining AQShga kirishini 90 kunga to‘xtatib turadigan farmonni imzoladi. Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, bunda gap Iroq, Eron, Suriya, Sudan, Yaman, Liviya va Somali fuqarolari kirishini vaqtinchalik taqiqlash haqida bormoqda.
Izoh (0)