“O‘zbekoziqovqatxolding” AJ va Belarusning “Belgospishcheprom” konserni o‘rtasida muzokaralar natijasiga ko‘ra hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
“Belgospishcheprom” konserni raisi Aleksandr Zabello va “Kommunarka” fabrikasi direktori Ivan Danchenko Toshkentda bo‘lib, “O‘zbekoziqovqatxolding” AJ rahbariyati bilan uchrashdi. Muloqot davomida konditer mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish, “O‘zagroeksport” AJ orqali yong‘oq, mayiz, quritilgan mevalar va boshqa mahsulotlarni xarid qilish muhokama etildi.
O‘zbekiston tomoni bolalar ozuqasi ishlab chiqarish bo‘yicha quvvatlarni ishga tushirish va Belarusda savdo uylarini tashkil etishni taklif qildi. Belaruslik mehmonlar tashrif doirasida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi bir qator korxonalarni ham ko‘zdan kechirdi.
Mavzuga doir: Belarusning “Kommunarka” konditer fabrikasi vakillari “Angren” MIZda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi
Izoh (0)