Qonunchilik palatasining Spikeri N.Ismoilov, parlament quyi palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisi A.Saidov, deputatlar O.Jamoliddinova, Q.Jo‘rayev, A.Qirg‘izboyev va boshqalar xalqimiz o‘tgan 25 yil mobaynida erishgan ulkan yutuq va marralarni Islom Karimov nomi bilan uzviy bog‘lashini ta’kidladi.
Yig‘ilishda Qonunchilik palatasi tomonidan Birinchi Prezident xotirasini abadiylashtirish ishiga munosib hissa qo‘shish, Islom Karimovning O‘zbekiston taraqqiyotidagi beqiyos xizmati, milliy tarixdagi o‘chmas o‘rni va ahamiyatini chuqur o‘rganish, uni keng jamoatchilikka yetkazish borasida taklif va mulohazalar bildirildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)