Jenevada 8-fevralda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Suriya bo‘yicha muzokaralar boshqa muddatga qoldirildi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Suriya muxolifati vakillari bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant”.
Muzokaralar vaqti 8-fevraldan oy oxiriga ko‘chirildi. Jenevadagi uchrashuv ishtirokchilari Suriya konstitutsiyasi ustida ishlashga o‘tishlari lozim.Ostonadagi muzokaralar chog‘ida Suriya muxolifati delegatsiyasiga rossiyalik mutaxassislar tomonidan tayyorlangan mamlakat konstitutsiyasi loyihasi topshirilgandi. Biroq muxolifat vakillari hujjatni ko‘rib chiqmadi va buni birinchi galdagi vazifa asosiy qonunning ishlab chiqilishi emas, o‘t ochishni to‘xtatish tartibiga rioya etish ekanligi bilan izohladi.Sergey Lavrov, Rossiya tashqi ishlar vaziri
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)