AQSh prezidenti Donald Trampning ta’kidlashicha, Meksika “juda uzoq vaqt davomida AQShdan foydalangan” va Qo‘shma Shtatlardagi “yirik savdo kamomadi”ga bilvosita sababchidir. Bu haqda Tramp Twitter’dagi sahifasida yozib qoldirgan.
Meksika juda uzoq vaqt davomida o‘z foydasi yo‘lida AQShdan foydalandi. Yirik savdo kamomadi va juda nochor chegaradagi unchalik ham faol bo‘lmagan yordam hajmi o‘zgarishi kerak — hoziroq!Avvalroq Tramp Meksika tomoni AQShga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni o‘rganmagunicha, uning Meksika prezidenti Enrike Penya Nyeto bilan uchrashuvidan foyda yo‘qligini ma’lum qilgan edi.Donald Tramp, AQSh prezidenti
Keyinroq Oq uy vakillari Meksika bilan chegarada quriladigan devor xarajatlarini qoplash uchun Tramp Meksikadan importga soliq solishini e’lon qildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)