Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevning fikricha, ayrim olchoq siyosatchilar mamlakatda nifoq solishga urinmoqda. Bu haqda Atambayev yangilangan konstitutsiya matnini imzolash marosimida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Knews.
Almazbek Atambayev manqurt deganda kimlarni nazarda tutganiga aniqlik kiritilmagan.
O‘z xalqini pul evaziga sotayotgan manqurtlarga murojaat qilishni istardim: bolalaringiz qarg‘ishiga qolib ketasiz. Bunday jirkanch o‘yinlarga berilmang, farzandlaringiz la’natidan qo‘rqing. Bolalaringiz, nabiralaringiz siz yo‘l qo‘ygan sharmandalik sababli ko‘chaga chiqolmay qoladi. Mamlakatimiz birdamligiga putur yetkazishni istaganlar o‘z kelajagi ildiziga bolta urgan bo‘ladi.Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston prezidenti tasdiqlagan o‘zgarishlar prezident vakolatlari qisqartirilishi, parlament va bosh vazir huquqlarining kengaytirilishi, sud va huquq-tartibot tizimida islohotlar o‘tkazilishini nazarda tutadi.Almazbek Atambayev, Qirg‘iziston prezidenti
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)