Avstraliyaning Pert shahridagi aviashou chog‘ida yengil motorli samolyot qulashi tufayli ikki kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi “Interfaks”.
Grumman G-73 Mallard samolyoti balandlikni keskin yo‘qota boshladi va Suon daryosiga qulab tushdi. Aviahalokat bir necha ming tomoshabin ko‘z o‘ngida ro‘y berdi.
Havo kemasi bortida bo‘lgan 52 yoshli uchuvchi Piter Linch va uning hamrohi Endra Kakravati halok bo‘ldi. Halokat sabablari hozircha ma’lum qilinmadi.
Fojiadan so‘ng aviashou tashkilotchilari keyingi barcha tadbirlarni bekor etishga qaror qildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)