AQSh iqtisodiy tahlil byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning to‘rtinchi choragida mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmi 1,9 foizga o‘sgan.
“Kommersant”ning yozishicha, uchinchi chorakda yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 3,5 foizni tashkil etgan edi.
Byurodan ma’lum qilishlaricha, yalpi ichki mahsulot hajmining to‘rtinchi chorak yakunlari bo‘yicha ko‘rsatkichlari to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlarga asoslangan; aniq ko‘rsatkichlar 28-fevral kuni e’lon qilinadi.
Avvalroq Xalqaro valyuta fondi 2017-yilda AQShning YIM o‘sishi bo‘yicha ko‘rsatkchilari yaxshi bo‘lishini kutayotgani ma’lum bo‘lgandi. Fond AQSh iqtisodiyoti 2,3 foizgacha o‘sishini taxmin qilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)