Qozog‘iston davlat ommaviy axborot vositalarida prezident Nursulton Nazarboyev taklif etgan hokimiyat bo‘g‘inlari o‘rtasida vakolatlarni taqsimlash islohoti doirasidagi konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha loyiha chop etildi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Tuzatishlar, jumladan, prezidentning qator vakolatlarini parlament va hukumatga topshirish, hukumatning ijtimoiy—iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishdagi mas’uliyati oshirilishini ko‘zda tutadi.
Qozog‘iston prezidenti farmoyishiga ko‘ra, konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qonun loyihasi umumxalq muhokamasiga qo‘yiladi. Muhokama 26-fevralgacha davom etadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)