Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev 27-yanvar, juma kuni mamlakatning yangilangan konstitutsiyasi rasmiy matnini e’lon qilish haqidagi farmonga imzo chekdi, deb xabar berdi “TASS”.
Konstitutsiyaga jami 40 ga yaqin tuzatish kiritildi. Unda avval davlat tili va rus tilida mavjud bo‘lgan noaniqliklar bartaraf etildi.Farmon OAVda chop etilgan kundan, 29-yanvardan kech bo‘lmagan muddatda kuchga kiradi.Almazbek Atambayev, Qirg‘iziston prezidenti
Asosiy qonundagi o‘zgarishlar prezident vakolatlari qisqartirilishi, parlament va bosh vazir huquqlarining kengaytirilishi, sud va huquq-tartibot tizimida islohotlar o‘tkazilishini nazarda tutadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)