AQSh sobiq davlat kotibi Madlen Olbrayt o‘z Twitter’ida islom diniga o‘tishga tayyorligini ma’lum qildi. Shu tariqa, u AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan qochoqlar va muhojirlarga nisbatan siyosatning qat’iylashtirilishiga javob qildi.
“Men katolik bo‘lib ulg‘aydim, yepiskop cherkoviga qatnovchi dindorga aylandim, keyinroq esa oilam yahudiy bo‘lganini bilib qoldim. Men birdamlik belgisi sifatida musulmon bo‘lishga tayyorman”, — deb yozdi 79 yoshli siyosatchi ayol.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp immigratsiya siyosatini qat’iylashtirish haqida farmon imzolagan edi, u Amerika qonunlarini buzgan noqonuniy muhojirlarni mamlakatdan chiqarib yuborishni ko‘zda tutadi.
Izoh (0)