AQSh prezidenti Donald Tramp terrorchilikda gumonlanuvchilarni saqlash uchun chet eldagi qamoqxonalar haqida farmon tayyorladi, deb yozadi Meduza. Hujjat imzolanganicha yo‘q.
“Dushmanning harbiy xizmatchilarini hibsga olish va so‘roq qilish to‘g‘risida”gi farmonning uch sahifali qoralamasi The New York Times gazetasi qo‘liga kelib tushdi. Nashr yozishicha, hujjat Markaziy razvedka boshqarmasiga terrorchilikda gumonlanuvchilar saqlangan va qiynoqlarga duchor etilgan chet eldagi “maxfiy qamoqxonalar”ni qaytadan ochish imkonini beradi. Turmalar dasturi Barak Obama davrida yopilgan edi.
Shu hujjatning o‘zida Pentagonning Guantanamodagi qamoqxonalarni qo‘lga olingan jangarilar, shu jumladan, IShID ishtirokchilarini saqlash uchun qo‘llashni qayta boshlash haqidagi farmoni ham bor.
Izoh (0)