AQSh prezidenti Donald Tramp 2016-yil 8-noyabrda davlat rahbari lavozimiga bo‘lib o‘tgan saylovlarda ehtimoliy qalbakilashtirishlar yuzasidan keng ko‘lamli tekshiruv olib borilishini talab qiladi, deb yozadi “Kommersant”.
Tramp, shu jumladan, bir vaqtning o‘zida ikkita shtatda ovoz berish uchun ro‘yxatdan o‘tgan, noqonuniy ravishda ro‘yxatdan o‘tgan, hatto saylovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan, ammo vafot etgan kishilarni ham tekshirishni so‘ramoqchi. “Tekshiruv natijalariga qarab, ovoz berish jarayonini mustahkamlash bo‘yicha qaror qabul qilinadi”, — deb yozdi Tramp o‘z Twitter’ida.
2016-yil noyabri oxirida Tramp raqibi Hillari Klinton yutib chiqqan Virginiya, Nyu-Gempshir va Kaliforniya shtatlarida ovoz berish yakunlarini hisoblashda jiddiy qalbakilashtirish holatlari kuzatilganini aytgan edi. O‘shanda Oq uy bu da’voni rad etgan edi.
Izoh (0)